News

Xalqaro maslahat qo‘mitasining O‘zbekistondagi missiyasi

Jahon merosi obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha Xalqaro maslahat qo‘mitasining (XMQ) O‘zbekistondagi missiyasi 2025-yil 21-maydan 1-iyungacha bo‘lib o‘tdi.
IAC_Tashkent1

XMQ O‘zbekistonning mahalliy, mintaqaviy va milliy darajadagi hokimiyat organlariga Jahon merosi obyektlari va kengroq madaniy merosni asrab-avaylashda ekspert maslahatlari va ko‘mak beradi. Missiya dasturi doirasida Qoraqalpog‘iston va Surxondaryo viloyatlaridagi madaniy obyektlarga, shuningdek, Samarqand, Shahrisabz va Xiva shahridagi Ichan-Qal’a kabi Jahon merosi obyektlariga tashriflar amalga oshirildi. 

IAC_Tashkent2

Missiya doirasida ishchi yig‘ilishlar, salohiyatni oshirishga qaratilgan seminar va Qo‘mitaning rasmiy to‘rtinchi yig‘ilishi ham o‘tkazildi. Tashrif davomida XMQ a’zolari muhim madaniy ob’yektlar va tarixiy shahar manzaralarini ko‘zdan kechirdi, mahalliy hokimiyatlar va milliy ekspertlar bilan maslahatlashuvlar olib bordi, shuningdek, O‘zbekistonning noyob madaniy merosini barqaror rivojlanish doirasida saqlab qolish bilan bog‘liq muammolar va imkoniyatlarni muhokama qildi.

IAC_Tashkent3