News
YUNESKOning Kasbiy ta’lim bo‘yicha seminar haftaligi boshlandi

Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq hududlarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida O‘zbekistonda mustahkam Milliy malaka tizimini yaratishga ko‘maklashish bo‘yicha bir haftalik seminar va munozaralar seriyasini boshlanganligi ma’lum qilamiz.
2025 yil 10-iyun kuni o‘tkazilgan ochilish sessiyasida asosiy hamkorlar, jumladan, Sifatini ta’minlash milliy agentligi, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Tarmoq kengashlari kotiblari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Tadbirda Kasbiy malakalar uchun Fransiya milliy komissiyasi (hozirgi France Compétences)ning sobiq rahbari va Fransiya milliy malaka tizimi bo‘yicha ekspert Brigitte Godet xonim Fransiya milliy malaka tizimining rivojlanish evalyutsiyasi va islohotlari bo'yicha qimmatli fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bu hafta tajriba almashish, muammolarni muhokama qilish va sifatni ta’minlash sohasida say’i-harakatlarni kuchaytirish hamda bu orqali islohotlar O‘zbekiston yoshlari uchun real imkoniyatlarni yaratishini ta’minlashga qaratilgan hafta bo‘lishi kutilmoqda.
Biz O‘zbekistonda Milliy malaka tizimini to‘laqonli barpo etish va bu orqali barcha uchun inklyuziv, sifatli va hayot davomida ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz!
